10.01.2023
Inson qadri uchun !
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi № PQ-102 sonli qarori doirasida, akademik Yo.Х.To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali zamonaviy talablarga mos 30 o'rinlik jarroxlik va 6 o'rin jonlantirish bo'limlari uchun yangi bino qurilish ishlari 2022 yil iyun oyida boshlanib 2022 yil dekabr oyida yakuniga yetdi.
Yangi qurilgan bino bo'limlari uchun zarur tibbiyot texnikalar bilan jixozlanish ta'minlanmoqda. Jumladan bugungi kunda Filialga davlat byudjetidan IVL va narkoz apparatlari, tibbiy operacion lampalar va xirurgik to'plamlar, o'rnatilgan EKG blokli defibrilatorlar, avtomatik biokimyoviy analizator, yarim avtomatik biokimyo analizatori автоматик, to'shak yonidagi bemor uchun reanimacion monitorlar, avtorefkeratometr, plazma sterilizatori yetkazildi.
Natijada, endilikda Qoraqalpog'iston Respublikasi axolisiga sifatli ixtisoslashtirilgan endokrinologik xizmat yanada yaqinlashadi va yuqori murakkablikdagi jarroxlik amaliyotlari poytaxtga kelmasdan turib joyida amalga oshiriladi. Bu esa axoliga juda katta qulayliklar yaratadi.



Back to the list