25.01.2023
Inson qadri uchun!
Namangan viloyati . Endokrinologiya.
2022 yil 26 yanvardagi 102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomollashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori 22 - bandi ijrosi doirasida 2023 yilning 25 yanvar kuni Namangan endokrionologiya dispanseri mutaxassislari tomonidan Namangan muxandislik - texnologiya instituti “Inson qadri uchun” shiori ostida 40 yoshdan oshgan 122 nafar professor-o'qituvchi va xodimlarini qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida antropometriyaва, tonometriya, glyukometriya tekshiruvchilari o'tkazildi.
Skrining tekshiruvlari natijasida 2 nafar xodimlarda birlamchi qandli diabet kasalligi, 3 nafar xodimlarda prediabet (diabet oldi xolati ), 35 nafar xodimlarda esa semizlik kasalligi aniqlandi semizlik 1 darajada 29 nafarni, 2 daraja 5 nafarni, 3 daraja 1 nafarni tashkil etdi. Ortiqcha vazn aniqlangan 30 nafar xodimlarga va aniqlangan yangi diabet bemorlarga to'g'ri ovqatlanish qoidalari va sog'lom turmush tarzi bo'yicha tavsiyalar va tarqatma materiallar berildi. Qandli diabet bilan dispanser nazoratida turgan 6 nafar bemorlarga qondagi qand miqdoriga tekshirilib davo muolajalari tavsiya etildi.



Back to the list