07.02.2023
Inson qadri uchun !
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi №PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida RIEIATM bosh shifokor o'rinbosari , endokrinolog, tibbiyot fanlari doktori Narimova G.D. tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahar va Xonka tumani KTMP oilaviy shifokorlar endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo'yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Monitoring davomida jami ikki tumandan 31 nafar oilaviy shifokorlarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash, profilaktikasi boyicha bilim darajalari onlayn tarzda baxolandi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatidagi barcha tuman endokrinologlari bilan suxbat o'tkazilib, qandli diabet onlayn registrida ishlash bo'yicha monitoring olib borildi.