08.02.2023
Inson qadri uchun!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ - 102 sonli Qarori ijrosini viloyatdagi ta'minlanishi va skrining tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishish xamda uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi RIEIATM Shahsiylashtirilgan endokrinologiya bo'limi mudiri Х.А.Begmatova 2023 yil 7-8 fevral kunlari Andijon viloyatiga keldi. Izboskan tuman tibbiyot birlashmasiga 7 fevral kuni KTMP endokrinolog xonasida 30 nafar endokrinologik bemorlar ko'rilib tibbiy tavsiya berildi. Tibbiyot birlashmasida 2022 yil faoliyat boshlagan 20 o'rinli endokrinologiya endokriologiya bo'limida davolanayotgan13 nafar bemorlarga ko'rsatilayotgan davo muolajalari o'rganilib kerakli tibbiy tavsiyalar berildi.
Shuningdek tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash profilaktika muassasalari 43 nafar oilaviy shifokorlariga ambulator sharoitida qandli diabet kasalligini erta aniqlash, prediabet, semizlik kabi endokrin kasalliklar mavzusida ma'ruzalar o'qilib, 40 yoshdan oshgan aholi o'rtasida skrining tadbirlarini o'tkazish bo'yicha savol javob shaklida trening mashg'ulot o'tkazildi, tarqatma materiallar berildi. Oilaviy shifokorlar bilim darajasi tekshirildi.