08.02.2023
Inson qadri uchun !
Namangan viloyati.
2022 yil 26 yanvardagi 102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora - tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori 22 - bandi ijrosi doirasida 2023 yilning 07 - fevral kuni Namangan viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, davolash profilaktika muassasi raxbarlari va tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokorlarini navbatdagi xaftalik yig'ilishida, endokrinologiya dispanseri mutaxassislari tomonidan qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida skrining (antropometriya, tonometriya, glyukometriya) tekshiruvlari o'tkazildi.
Skrining tekshiruvidan 45 nafar xodim o'tkazildi va natijada 10 nafarida prediabet (diabet oldi xolati), 15 nafarida esa semizlik kasalligi aniqlandi, ulardan semizlik 1 daraja 10 nafarni, 2 daraja bilan 5 nafarni tashkil etdi. Ortiqcha vazn bilan aniqlanganlar 12 nafarni tashkil etadi. Qandki diabet bilan xasta 8 nafar va diabet oldi xolati tashxisi qo'yilgan xodimlarga to'gri ovqatlanish qoidalari va sog'lom turmush tarzi bo'yicha tavsiyalar berildi.



Back to the list