08.02.2023
Inson qadri uchun!
Ozbekoston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi №PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida RIEIATM xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida oilaviy shifokorlarga endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo'yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Monitoring mobaynida 25 nafar oilaviy shifokorlarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash, profilaktikasi bo'yicha bilim darajalari onlayn tarzda baxolandi.
Barcha oilaviy shifokorlarga qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash bo'yicha seminar o'tkazilib, tarqatma materiallar berildi.
RIEIATM Qashqadaryo filial o'z-o'zini nazorat qilish maktabini ish faoliyati o'rganildi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatini dispanser endokrinologlari bilan suxbat o'tkazilib, 102 sonli PQ ijrosi bo'yicha, qandli diabet onlayn registrida ishlash bo'yicha monitoring olib borildi.





Back to the list