Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
22.02.2023
Inson qadri uchun!
Xorazm viloyati. Endokrinologiya. Bugun viloyat xokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov viloyat endokrinologiya dispanserida bo'ldi.
Ushbu tibbiyot muassasasida har yili o'rtacha 4700 nafar bemor stacionar sharoitda davolanadi. O'tgan yil shifoxonag 1,7 mlrd. so'm mablag' hisobiga raqamli rentgen, 23 ming AQSH dollariga sterilizaciya uskunalari olib kelindi. Ayni kunda loyixa qiymati 6,4 mlrd. so'm bo'lgan qo'shimcha bino qurilishi davom etmoqda. Yangi binoda poliklinika, diabet asoratlarini xirurgik va rekonstruktiv amaliyot orqali davolash bo'limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari uchun o'quv-amaliyot xonalari joylashadi.
Viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi, shifoxonadagi sharoitlar bilan tanishdi, bemorlar bilan suhbatlashdi. Shifokorlar bilan muloqot jarayonida qandli diabetni davolashda samarali usullarni qo'llash, shuningdek ushbu kasallikning oldini olishda tibiiy profilaktika va targ'ibot ishlariga e'tiborni kuchaytirish xususida so'z yuritildi.


332487725_761324952039143_8474368670731848292_n.jpg332332743_2488678304626348_3605220659231561979_n.jpg332580332_2182303765304048_5720663777747239862_n.jpg332580332_2182303765304048_5720663777747239862_n.jpg332400230_3555756244704452_6831419311706953176_n.jpg332510930_732697771847359_1167485415448193201_n.jpg

Back to the list