01.03.2023
Inson qadri uchun! Namangan viloyati. Endokrinologiya.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi №PQ-102 sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosi taminlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan yo'lga qo'yilgan “Qandli diabet 2 tur bemorlar uchun terapevtik ta'lim milliy maktabi seminar treningi” Namangan viloyati barcha tuman tibbiyot birlashmalari va shahar tibbiyot birlashmasi endokrinologiya xona xamshiralari uchun 28-fevral 2023-yil kuni Viloyat endokrinologiya dispanseri katta zalida tashkil etildi. Seminar trening inter-aktiv tarzda endokrinologiya dispanseri trenerlari E.Isroiljonov va А.Obidovlar tomonidan o'tkazildi. Seminar davomida trenerlar o'z bilim va olgan kunikmalarni 35 nafar xamshiralar bilan bo'lishdilar. Ishtirokchilar o'zlariga qiziqtirgan savollarga javob topishdi va ish faoliyatlari kerak bo'ladigan bilim va kunikmalarga ega bo'lishdi.



Back to the list