10.03.2023
Inson qadri uchun! Xorazm viloyati. Endokrinologiya.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ–102-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 9.03.2023 yil kuni Xorazm viloyatining Bog'ot tumani tibbiyot birlashmasida tumandagi oilaviy poliklinikalarida faoliyat olib borayotgan 38 nafar oilaviy shifokorlarga dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan viloyat endokrinologiya dispanserining 2 nafar trenerlari tomonidan “Qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o'qitish milliy maktabi”da o'qitish bo'yicha o'quv seminar-treningi o'tkazildi . Darslar qandli diabet xaqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo'llash, kasallikning asoratlarini oldini olish xaqida tushuncha va ko'nikmalar berildi. Seminar-treningda qatnashkan tibbiyot xadimlaridan bilim ko'nikmalarini aniqlash maqsadida testlar olindi, savollarga javob berildi.



Back to the list