11.03.2023
Inson qadri uchun! Toshkent shahar. Endokrinologiya.
10 mart 2023 y. Toshkent shahar SSBB bosh endokrinologi V. E. Caryeva, tuman kuratori D.А Alimova va RIEIATM Toshkent filiali instruktor xamshirasi N.Gapparova tomonidan Yangi Xayot tumanidagi oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralar bilan birgalikda uchrashuv o'tkazildi.
Uglevod almashinuvini o'zgarishlarini erta aniqlash uchun 40 yoshdan oshgan axoli o'rtasida o'tkazilayotgan skrining xolati taxlil qilindi.
10 ta oilaviy shifokorlarga endokrinologik bemorlar bilan ishlash aspektlari tushuntirildi.
29 ta patronaj xamshiralariga insulin qilish texnikasi, peshobda aceton aniqlash, brigada bilan ishlash va qandli diabet bemorlarni uy sharoitida nazorat qilish o'rgatildi.
Diabet maktabini o'tkazish uchun shifokorlar va bemorlar uchun tayyorlangan ko'rgazma materiallari taqdim etildi va ishlatish xaqida ma'lumotlar berildi.

Back to the list