13.03.2023
Inson qadri uchun! Samarqand viloyati. Endokrinologiya.
O'z.Res.Prezidentining PQ-102 son qarori ijrosi doirasida "Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik o'qitish milliy maktabi" bo'yicha navbatdagi seminar - trening Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etildi. 11.03.2023 da Jomboy KTMPda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali trenerlari "Qandli diabet milliy maktabi" da o'qitish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. Treningda: tuman endokrinologi, 17 nafar oilaviy shifokor, 22 nafar patronaj xamshira va 8 nafar bemor qatnashdi. Treningda Qandli diabet 2 tur haqida umumiy tushuncha, kasallikni to'g'ri diagnostika qilish, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy xarakatning axamiyati, QD ni davolashda qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalaridan foydalanish haqida tushuncha, ko'nikmalar berish va savol javob bilan o'tkazildi.



Back to the list