14.03.2023
Inson qadri uchun!
Surxandaryo viloyati. Endokrinologiya.
O'zR Prezidentining PQ-102 Qaror ijrosi doirasida "Qandli diabet 2 tur bemorlarni
terapevtik o'qitish milliy maktabi" bo'yicha navbatdagi seminar - trening Surxandaryo viloyati Denov tumanida tashkil etildi!
13 mart kuni Markazning Termez filiali 2 nafar trenerlari " Qandli diabet milliy maktabi " da o'qitish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.
Treningda:
10 nafar oilaviy shifokor,
45 nafar potronaj xamshira,
10 nafar QD 2 tur bilan kasallangan bemorlar xam qatnashdi.
Darslar, Qandli diabet 2 tur xaqida umumiy tushuncha,kasallikni diagnostika qilish, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy xarakatning axamiyati, QD davolashda qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalaridan foydalanish xaqida tushincha, ko'nilmalar berish va savol javoblar bilan o'tkazildi.



Back to the list