15.03.2023
Inson qadri uchun! Qashqadaryo viloyati. Endokrinologiya.
TELEMEDECINA: ENDI OLIS TUMAN BEMORLARIGA HAM QARSHI VA TOSHKENT SHIFOXONALARI - BIR QADAM
Soxamizda zamonaviy telemedecina imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda.
Telemedecina - bu viloyat ypxud respublika markazidagi malakali shifokorlar va dunyo tibbiyot muassasalaridagi mutaxassislar bilan real vaqt oraligida bog'lanib, onlayn ko'rikdan o'tish, davo maslaxatlarini olish imkoniyatidir. Bunda bemor bilan shifokor o'rtasidagi masofa ahamiyatli bo'lmaydi. Bu orqali tibbiyotda oltinga teng daqiqalar tejaladi.
Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida bu qulaylik sharofati bilan olis xududlardagi bemorlarga zarur tavsiyalar o'z vaqtida berilmoqda.
Ilgari Kitob tumanidagi og'ir bemorlarga markazdan shifokorlarni jalb etish ancha vaqt talab qilar edi. Endi ular Kitobdagi ko'rab, to'g'ridan-to'g'ri efir orqali tashxislashmoqda. Bu jarayon qisqa soniyalarda amalga oshirilmoqda.
Olis hududlardagi bemorlar ham uzog'i yaqin, mushkuli oson bo'lganidan mamnun.

Back to the list