17.03.2023
Inson qadri uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi 102-sonli “Endokrinologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi RIEIATM oldiga tegishli vazifalar belgilab olindi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil “Inson eʼtibori va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilingani, hamda, markazimiz maʼmuriyati taʼlim sohasidagi islohotlarni davom ettirishi munosabati bilan 15 mart kuni Toshkent Davlat Yuridik Universitetining “Ommaviy huquq fakultetida” mutahasislarimiz tomonidan ilk bor “Qandli diabet va yod tanqisligi” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi.



Back to the list