Inson qadri uchun!
18 mart kuni «Navro'z» umumhalq bayrami munosabati bilan Akademik Yo.Х To'raqulov nomidagi RIEIAT Markazi barcha xodimlari ishtirokida "Obod va fayzli maxalla-yurt ko;rki" shiori ostida umumhalq xayriya xashari o'tkazildi. Xashar doirasida Endokrinologiya markazi xududi chiqindilardan tozalandi, daraxtlar, yo'laklar atroflari oqlandi, manzarali, mevali daraxt ko'chatlari ekildi. Xashar yakunlanganidan so'ng Endokrinologiya markazi ma'muriyati tomonidan barcha faol xodimlarga minnadorchilik bildirildi va palov tayyorlanib tarqatildi. Qutlug' Ramazon ayyomi arafasida boshlangan umumhalq xayriya xashari xalqimizning mehr-oqibati, birdamligi, axilligining yana bir amaliy ifodasidir.