Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
24.03.2023
Inson qadri uchun! O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-102 Qarori ijrosi doirasida Akademik Yo.Х.To'raqulov nomidagi RIEIATM bir guruh yetakchi mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyatining eng chekka xududi Qorovulbozor tumanida "Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik o'qitish milliy maktabi" bo'yicha seminar - trening tashkil etildi!

Malliy maktab Markazning maxsus treneri endokrinolog shifokor Ismatullayeva S.S. tomonidan olib borildi.
Treningda:

 6 nafar oilaviy shifokor 
 16 nafar potronaj xamshira 
 14 nafar QD 2 tur bilan kasallangan bemorlar va 40 yoshdan oshgan axoli xam qatnashdi.

Darslar qandli diabet xaqida umumiy tushuncha, kasallik to'g'ri diagnostikasi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy xarakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo'llash, kasallikning asoratlarini oldini olish xaqida tushuncha va ko'nikmalar berildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha oilaviy shifokorlarga Qandli diabet skriningi va diabet oldi xolatlarda oilaviy shifokor taktikasi mavzusida davra suxbati xam o'tkazildi.
Bundan tashqari Markaz va Qorovulbozor TTB bilan o'zaro muntazam ravishda teletibbiyotni amalga oshirish yo'llari haqida kelishib olindi.
Markaz xodimlari tomonidan tumandagi maxsus maxalla tibbiyot punkti xam ko'zdan kechirilib, u yerdagi axoliga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligi o'rganildi.

 337852550_1260863361217828_7664906350082785662_n.jpg337043562_521605403482558_9150905923428496540_n.jpg337376714_762421201813950_7227054681011955816_n.jpg337303095_159594106644170_1132191391018054651_n.jpg337286579_1526331967889852_6040374787789654851_n.jpg337857127_899198334720077_1143749292638818078_n.jpg

Back to the list