28.03.2023
Inson qadri uchun!
Toshkent viloyati. Endokrinologiya.
Toshkent viloyati bosh endokrinolog М.М.Karimova boshchiligida PQ-102 son qaror ijrosini davom ettirish yuzasidan 22 ta shahar tumanda "Qandli diabet milliy maktabi" navbatma-navbat tadbiq etilmoqda!
24 mart kuni dispanser trenerlari, Zangiota ТТB da faoliyat olib borayotgan 18 ta oilaviy shifokor, 32 ta patronaj xamshira va 10ta QD bor bemorlarga "QD milliy maktabi"ni tadbiq etish bo'yicha QD xaqida ilk tushuncha, kasallikni erta va to'g'ri aniqlash,kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar xaqida o'quv darslarini olib borishdi.
Shuningdek axoli salomatligini saqlovchi tibbiyot xodimlari avvalo o'zlari sog'lom bo'lishlarini inobatga olgan xolda xamda skrining ishlarini keng olib borish maqsadida jami 50 nafar shundan 25 nafar 40 yoshdan oshgan seminar qatnashchilari, dispanser kurator endokrinologi tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazild.
Ularda qonda glyukoza miqdori, vazn, bo'y va bel aylanalari o'lchandi. Qalqonsimon bez xolati tekshirildi.
1 nafarda QD 2 tur ilk bor aniqlandi, unga zarur tavsiyalar berilib dispanserda qayta ko'rik uchun yo'naltirildi.



Back to the list