28.03.2023
Inson qadri uchun! Samarqand viloyati. Endokrinologiya.
O'z.Res.Prezidentining PQ-102 son qarori ijrosi doirasida "Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik o'qitish milliy maktabi" bo'yicha navbatdagi seminar-trening Samarqand viloyati Pastdargom tumanida tashkil etildi. 25.03.2023 da Pastdargom KTMP da Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali trenerlari А.E.Xamzayev va К.V.Tatinyacyan "Qandli diabet milliy maktabi" da o'qitish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. Trebibgda: tuman endokrinologi,15 nafar oilaviy shifokor, 68 nafar patronaj xamshira 5 nafar bemor qatnashdi. Darslar Qandli diabet 2 tur xaqida umumiy tushuncha, kasallikni to'g'ri diagnostika qilish, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy xarakatning axamiyati, QDni davolashda qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalaridan foydalanish xaqida tushuncha, ko'nikmalar berish va savol javob bilan o'tkazildi.