31.03.2023
Inson qadri uchun! 2022-yil 26-yanvardagi 102-sonli “Endokrinologik xizmatini takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan 2023-yil 29-martda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya RIEIATM xodimlari va viloyat endokrinologiya boshqarmasi xodimlari Xorazm viloyatidagi dispanserda uyushgan aholi (9-sonli bolalar bog‘chasi, 2-maktab) o‘rtasida endokrin kasalliklarni erta aniqlash maqsadida skrining o‘tkazildi. 162 nafar bola yod tanqisligi, ortiqcha vazn, past bo‘y va boshqa endokrin kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jismoniy va jinsiy rivojlanishi baholandi.