31.03.2023
Inson qadri uchun! Navoyi viloyati Navoiy shaxrida SSV tashabbusi bilan "Salomatlik sayillari" bo'lib o'tdi. Sayilda akademik Yo.Х.To'raqulov nomidagi RIEIATM xodimi t.f.n. Kayumova D.T. xamda viloyat endokrinologiya dispanseri bosh vrachi N.Mirubaydovlar ishtirok etishdi. Sayilda 49 nafar endokrinologik bemorlar ko'rildi, 6 nafariga endokrinologiya dispanseriga yo'llanma berildi, chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tish xamda stacionar davo muolajalarini olish uchun, 43 nafar bemorlarga ambulator tavsiyalar berildi. Barcha bemorlarga sog'lom ovqatlanish bo'yicha qo'llanmalar tarqatildi.