01.04.2023
Inson qadri uchun! 31 mart 2023 yil Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Turayev F.F. va Fargona filiali bosh shifokori Ibraximova N.R. boshchiligida Farg‘ona tuman KTMP qoshidagi «AVVAL» xududiy poliklinikasining 62 nafar xodimlari ishtirokida 2023 yil 30 APRELЬ kuni o‘tkaziladigan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida barcha xodimlar qomusimiz bo‘lgan Konstituttsiyamizga kiritilayotgan takliflarning nechog‘lik adolatli ekanligi va barchasi xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishi xaqida to‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Davra suxbatida oilaviy shifokor Mamaraximova N.S., poliklinika mudiri Djurayeva G.M. so‘zga chiqib, o‘tkazilajak Referendum, Konstituttsiyaga kiritilayotgan yangiliklarnining Vatanimizdagi olib borilayotgan isloxatlarni INSON KADRLANIShIGA karatilganligi to‘g‘risida fikr bildirishdi.