01.04.2023
Inson qadri uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig PQ-102 Qarori ijrosi doirasida Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM bir gurux yetakchi mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida "Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik ukitish milliy maktabi" buyicha seminar - trening tashkil etildi!
Milliy maktab Markazning maxsus treneri endokrinolog shifokor Atabayev O.Q. tomonidan olib borildi.
Treningda:
19 nafar oilaviy shifokor
70 nafar potronaj xamshira, jami 89 nafar xodim ishtirok etishdi.
Darslar qandli diabet haqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, to‘g‘ri ovqatlanish , jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash, kasallikning asoratlarini oldini olish haqida tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarga t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan Qandli diabet skriningi va diabet oldi xolatlarda oilaviy shifokor taktikasi mavzusida davra suxbati xam o‘tkazildi. Davra suxbati interaktiv tarzda amalga oshirilib, barcha ishtirokchilar QD xavfini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomadan o‘tib, 50 nafar xodimda qand miqdori o‘lchandi. Shulardan 5 nafarda diabet oldi xolat aniqlandi.



Back to the list