02.04.2023
Inson qadri uchun!
Buxoro viloyati Kogon shahri Markaziy istirohat bog‘ida halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini kutarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy ishlar buyicha direktor urinbosari t.f.d professor Xalimova Zamira Yusupovna boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 79 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 50 nafarida endokrin kasallik aniqlandi 2 nafariga stattsionar 48 nafariga ambulator tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.