Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
02.04.2023
Inson qadri uchun! Axoli orasida kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshiralayotgan samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 28 martdagi 58-sonli buyrugi asosida Xonobod shaxrida "Salomatlik sayllari" oyligi o‘tkazildi. Ushbu saylda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xodimi X.A.Begmatova, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri xodimi X.Sattarova va Xonobod shaxar endokrinolog shifokori M.Karimova tibbiy saylga kelgan nafar axolini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy sayl davomida jami 602 nafar axoli ishtirok etib, 50 nafar axoli endokrinologik chukurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jami 18 nafar endokrinologik bemor aniqlanib, qandli diabet 13 nafar, qalqonsimon bez kasalliklari 3 nafar, semizlik bilan 2 nafar tashkil kildi. Shundan 48 nafariga ambulator tibbiy tavsiya, 1 nafariga viloyat darajasida, 1 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.
Shuningdek 40 yoshdan oshgan tibbiy saylga kelgan 21 nafar xavf guruxdagi axolini qandli diabetni aniqlash skrining so‘rovnomasi to‘ldirilib, bepul qondagi qand miqdori tekshirildi. Skrining tekshiruv natijalariga ko‘ra 20 nafari(95.2%) sog‘lom, 1 nafarida(4.8%) yangi aniqlangan qandli diabet aniqlandi.
Tibbiy sayl davomida axolini sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovkatlanish, semizliklikni oldini olish, jismoniy faollik xakida tavsiyalar xamda aholi orasida qandli diabet, o‘z-o‘zini nazorat qilish, oyoqlarni to‘g‘ri parvarish kilish, yod tanqisligi kasalliklari, semizlik, kandli diabet, endokrin kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash to‘g‘risida tushunchalar berildi xamda tarqatma materiallar berildi.

338739284_677654454369492_340159376990404274_n.jpg338716262_3461813157472610_8519630308158215898_n.jpg338709710_172905015582050_376871503469866597_n.jpg338723744_914431266553131_236605203356557377_n.jpg

Back to the list