04.04.2023
Inson qadri uchun! Farg‘ona viloyati. Endokrinologiya.
Yaponiya “Nagai internal medicine” direktori professor Kodji Nagai boshchiligida bir gurux mutaxassislar 2023 yil 3-aprel kuni Akad.Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Filialda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Qabul- diagnostika, labaratoriya, poliklinika bo‘limi, gemodializ bo‘limi , reanimatsiya va diabet maktabi faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlarda qandli diabet kasalliklarini o‘z-o‘zin nazorat qilish “Diabet maktabi” yorqin taassurot qoldirdi. Filial mutaxassislari bilan suxbatda o‘zlarining tavsiyalarini berishdi va tajribalari bilan o‘rtoklashishdi. Kelgusida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.