05.04.2023
Inson qadri uchun! 03.04.2023 y. Surhondaryo viloyati Boysun tumanida “Salomatlik sayllari” aksiyasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
7 aprel — Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi doirasidagi tadbir Surxondaryoda ham davom etmoqda.
Aksiya doirasida bugun tadbir Boysun tumanida yigirmadan ortiq mutaxassislik bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali shifokorlari, shuningdek, viloyat tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari va tumandagi tibbiyot birlashmasi tomonidan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tadbirda Akademik Yo. H. Turaqulov nomidagi RIEIATM etakchi mutahassisi t.f.d., professor F.A. Haydarova tomonidan 100 ga yaqin aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, endokrin kasalliklari bo’lgan bemorlarga malakali ambulator tavsiyalar berildi.
Shuningdek ushbu tadbirda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda ko‘rgazmali vositalar yordamida salomatlik burchaklari tashkil etilib, aholi uchun zararli va foydali mahsulotlar haqida tushunchalar berib o‘tildi.





Back to the list