05.04.2023
INSON QADRI UChUN! Andijon viloyati Endokrinologiya dispanserida 2023 yil 4 aprelь kuni «Salomatlik sayllari» tadbiri doirasida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar ko‘riklari amalga oshirildi. Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM mutaxassisi Begmatova X.A. ishtirokida umumiy endokrinologiya va bolalar bo‘limi, diabetik nefropatiya bo‘limidagi 67 nafar bemorlarni davo muolajalari bo‘yicha ko‘shimcha kerakli tavsiyalar berildi. Ularning davolanish jarayoni standartlar asosida olib borilayotgani o‘rganildi. Bundan tashqari, bemorlarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z o‘zini nazorat qilish, bo‘yicha tushuncha berildi.
«Salomatlik sayllari» davom etmokda.



Back to the list