05.04.2023
Inson qadri uchun!2023 yil 4 aprelь kuni kuni “Salomatlik sayllari” tadbiri doirasida RIEIATMSFda statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar ko‘riklari amalga oshirildi. Akademik Yo.A. Turakulov nomidagi RIEIATM xodimi t.f.n oliy toifali shifokor Ayxadjayeva M.A. ishtirokida umumiy endokrinologiya va bolalar bo‘limi, diabetologiya, tireoid patologiya va endokrin jarrohlik bo‘limi, qandli diabetning asoratlarini jarrohlik davolash va rekonstruktiv amaliyotlar bo‘limlaridagi 27 nafar bemorlarni davo muolajalari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ularning davolanish jarayoni standartlar asosida olib borilayotgani o‘rganildi. Bemorlarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish , o‘z-o‘zini nazorat qilish, bo‘yicha tushunchalar berildi “Salomatlik sayllari ” tadbirlari davom etmoqda.