06.04.2023
Inson qadri uchun! 2023 yil 5 aprelь kuni kuni “Salomatlik sayllari” tadbiri doirasida Jomboy tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida Akademik Yo.A. Turakulov nomidagi RIEIATM xodimi t.f.n oliy toifali shifokor Ayxodjayeva M.A. 110 nafar aholi endokrinolog ko‘rikdan o‘tkazildi va 28 nafarida endokrin kasalliklari aniqlandi: yangi aniqlangan qandli diabet-4 nafar, nahorgi glikemiya buzilishi-3 nafar, Diffuz toksik buqoq-2 nafar, gipotireoz-8 nafar, past bo‘ylilik sindromi-1 nafar, tugunli buqoq-5 nafar, semizlik -5 nafar bemorlar aniqlanib kerakli davolash tavsiyalar berildi va sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish , o‘z-o‘zini nazorat qilish, bo‘yicha tushunchalar berildi “Salomatlik sayllari ” tadbirlari davom etmoqda.