06.04.2023
Inson qadri uchun! 05.04.2023 y.
Asaka tumanida "Salomatlik sayllari" oyligi o‘tkazildi. Ushbu saylda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xodimi X.A.Begmatova, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri xodimi N.To‘yboyeva va Asaka tuman endokrinolog shifokori D.Sobirova tibbiy saylga kelgan nafar axolini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy sayl davomida jami 1914 nafar axoli ishtirok etib, 57 nafar axoli endokrinologik chukurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jami 21 nafar endokrinologik bemor aniqlanib, qandli diabet 6 nafar, qalqonsimon bez kasalliklari 9 nafar, semizlik bilan 1 nafar tashkil kildi. Shundan 21 nafariga ambulator tibbiy tavsiya, 1 nafariga viloyat darajasida, 1 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.
Shuningdek 40 yoshdan oshgan tibbiy saylga kelgan 36 nafar xavf guruxdagi axolini qandli diabetni aniqlash skrining so‘rovnomasi to‘ldirilib, bepul qondagi qand miqdori tekshirildi. Skrining tekshiruv natijalariga ko‘ra 35 nafari(97.2%) sog‘lom, 1 nafarida(2.7%) yangi aniqlangan qandli diabet aniqlandi.
Tibbiy sayl davomida axolini sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovkatlanish, semizliklikni oldini olish, jismoniy faollik xakida tavsiyalar xamda aholi orasida qandli diabet, o‘z-o‘zini nazorat qilish, oyoqlarni to‘g‘ri parvarish kilish, yod tanqisligi kasalliklari, semizlik, kandli diabet, endokrin kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash to‘g‘risida tushunchalar berildi xamda tarqatma materiallar berildi.



Back to the list