06.04.2023
Inson qadri uchun! Vobkent tuman KTMP da halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini kutarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy ishlar buyicha direktor urinbosari t.f.d professor Xalimova Zamira Yusupovna boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri bosh shifokori Narziyev Sh.M. va dispanser shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 54 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 50 nafarida endokrin kasallik aniqlandi shulardan 54 - nafariga ambulator tavsiyalar berildi, bundan tashqari aholi orasida Qandli diabet kasalligiga skrining ham o‘tkazilib kelganlarning 34 nafarida qondagi qand miqdori tekshirildi, shulardan 2 - nafarida qandli diabet 6 – nafarida diabet oldi holati aniqlanib tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.