09.04.2023
Inson qadri uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 06.04.2023 y. Farg‘ona viloyati Quvasoy tumani oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralar endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Jumladan Quvasoy tuman Polmon OShPda patronaj xamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan skrining tadbirlari o‘rganildi. TTB da o‘tkazilgan Monitoring mobaynida 21 nafar oilaviy shifokorlar va 74 nafar patronaj xamshiralarga endokrin kasalliklarni, qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, tarqatma materiallar berildi. Trening mobaynida tibbiyot xodimlari orasida qandli diabet skriningi master klass sifatida amalga oshirildi.





Back to the list