09.04.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–102-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 6.04.2023 yil kuni Xorazm viloyati endokrinologiya dispanserida Urganch tumani oilaviy poliklinikalarida faoliyat olib borayotgan 36 nafar oilaviy shifokor va 16 nafar patronaj xamshiralarga dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan viloyat endokrinologiya dispanserining trenerlari tomonidan “Qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o‘qitish milliy maktabi”da o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar-treningi o‘tkazildi. Darslar qandli diabet haqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, to‘g‘ri ovqatlanish , jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash, kasallikning asoratlarini oldini olish haqida tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Seminar-treningda qatnashgan tibbiyot xodimlaridan bilim ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida nazorat testlari olindi, savollarga javob berildi.

Back to the list