Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
10.04.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 07.04.2023 y. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Jumladan Beshariq tuman 11 oilaviy poliklinika patronaj xamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan skrining tadbirlari o‘rganildi. Monitoring natijasi: 11 OP da jami 4721 nafar 40 yoshdan yuqori axoli qonda qand miqdori tekshirilib, ulardan diabet oldi xolati 8.6% (407 nafar)da va qandli diabet esa 70 nafarda (2%) aniqlangan. Monitoring mobaynida Beshariq tumanidagi 65 nafar oilaviy shifokorlar va 263 nafar patronaj xamshiralar, jami 328 nafar tibbiyot xodimlariga endokrin kasalliklar, shu jumladan qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, tarqatma materiallar berildi. Seminar interaktiv tarzda amalga oshirildi.

340325726_1165706447473545_1157160036620220003_n.jpg340349110_204145055664460_3598715340609789229_n.jpg340636712_550818560538904_6062282214482822992_n.jpg340009662_172542052357081_8899917133284694487_n.jpg

Back to the list