10.04.2023
Inson qadri uchun. 07.04.2023 yil. SSV tashabbusi bilan Namangan viloyatida "Salomatlik sayillari" oyligi qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Pop tumanining Markaziy bog‘ida tashkil etilgan tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Namangan filiali xodimlari xamda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM mutaxassisi t.f.n. Rashitov M.M. tomonidan 150 nafar axoli tekshirildi. Tashkil etilayotgan profilaktik tibbiy ko‘riklar, skrining dasturlari va sog‘lomlashtirish tadbirlari xalqimizni rozi qilish, mavjud muommolarni chekka xududlarning o‘zida xal qilish va soxaga oid kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan.