10.04.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 08.04.2023 y. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Jumladan Qo‘shtepa tuman 86 oilaviy poliklinika patronaj xamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan skrining tadbirlari o‘rganildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qandli diabet skriningi uchun elektron so‘rovnoma patronaj xamshiralarga taqdim etildi. Monitoring mobaynida Qo‘shtepa tumanidagi 17 nafar oilaviy shifokorlar va 52 nafar patronaj xamshiralarga endokrin kasalliklar, shu jumladan qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, tarqatma materiallar berildi. Seminar interaktiv tarzda amalga oshirildi.