Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.04.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 10.04.2023 y. Farg‘ona viloyati Buvayda tumani oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Jumladan Buvayda tuman Nayman OShPda patronaj xamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan skrining tadbirlari o‘rganildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qandli diabet skriningi uchun elektron so‘rovnoma patronaj xamshiralarga taqdim etildi. Monitoring mobaynida Buvayda tumanidagi 89 nafar patronaj xamshiralarga endokrin kasalliklar, shu jumladan qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, tarqatma materiallar berildi. Seminar interaktiv tarzda amalga oshirildi.

340557453_549270234022409_7359073191378513158_n.jpg340838298_772397604248573_1150226055354396740_n.jpg340886283_532670619027001_5507949147191013909_n.jpg340916466_3195372614086144_3178568221664172826_n.jpg

Back to the list