12.04.2023
Inson qadri uchun! 11.04.2023 yil. SSV tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida "Salomatlik sayllari" oyligi qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Mirishkor tumanining Markaziy bog‘ida tashkil etilgan tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali xodimlari xamda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xodimi Nurmuxamedov D.B bilan birgalikda 82 nafar axoli tekshirildi, shundan 3 nafarida Qandli diabet yangi aniqlangan turi, 1 nafarida Qandli diabet oldi xolati aniqlandi va 7 nafarida ko‘p tugunli buqoq aniqlandi. Tashkil etilayotgan profilaktik tibbiy ko‘riklar, skrining dasturlari va sog‘lomlashtirish tadbirlari xalqimizni rozi qilish, mavjud muommolarni chekka xududlarning o‘zida xal qilish va soxaga oid kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan.