Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
13.04.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 12.04.2023 y. Farg‘ona viloyati Dangara tumani oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarning endokrin kasalliklarni erta aniqlash va qandli diabet skriningi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatini monitoring qilindi. Monitoring mobaynida Dangara tumanidagi 15 nafar oilaviy shifokorlar va 56 nafar patronaj xamshiralarga endokrin kasalliklar, shu jumladan qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, tarqatma materiallar berildi. Seminar interaktiv tarzda amalga oshirildi.
Seminar avvalida barcha xodimlar orasida 2023 yil 30 APRELЬ kuni o‘tkaziladigan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida barcha xodimlar qomusimiz bo‘lgan Konstituttsiyamizga kiritilayotgan takliflarning nechog‘lik adolatli ekanligi va barchasi xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishi xaqida to‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

341236789_211284308205336_8472535621298377699_n (1).jpg341080531_6414106055288795_2309615000697904456_n.jpg340910231_1845052099212319_7881227257488637809_n.jpg

Back to the list