17.04.2023
Inson qadri uchun! 14.04.2023 yil. SSV tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida "Salomatlik sayllari" oyligi qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Nishon tumanining Istiqlol istirohat bog‘ida tashkil etilgan tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali xodimlari xamda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xodimi Nurmuxamedov D.B bilan birgalikda 80 nafar axoli tekshirildi, shundan 1 nafarida Qandli diabet yangi aniqlangan turi, 1 nafarida Qandli diabet oldi xolati aniqlandi, 8 nafarida ko‘p tugunli buqoq aniqlandi.