17.04.2023
Inson qadri uchun! Buxoro viloyati Romitan tumani “Oromitan” bolalar ormgoxida halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini ko‘tarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyotmarkazi Gemodializ bo‘limi mudiri Buxoro viloyat Endokrinologiya xizmati kuratori Holiqov Alisher Yusupovich boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri endokrinologi Shaxriyeva Maryam Kapitonovna va dispanser shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 71 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 43 nafarida endokrin kasallik aniqlandi va 69 ambulator, 2 tasiga statsionarga yotish tavsiyalar berildi. Bundan tashqari aholi orasida Qandli diabet kasalligi skrining ham o‘tkazilib kelganlarning 15 nafarida qondagi qand miqdori tekshirildi. shulardan 4-nafarida qandli diabet aniqlanib tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.