17.04.2023
Inson qadri uchun! Buxoro viloyati Shofirkon tumani KTMP da halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini kutarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gemodializ bo‘limi mudiri Buxoro viloyat Endokrinologiya xizmati kuratori Holiqov Alisher Yusupovich boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri endokrinologi Hasanov Hamza Nabiyevich va dispanser shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 48 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 45 nafarida endokrin kasallik aniqlandi ambulator tavsiyalar berildi, bundan tashqari aholi orasida Qandli diabet kasalligi skrining ham o‘tkazilib kelganlarning 36 - nafarida qondagi qand miqdori tekshirildi, shulardan 3 - nafarida qandli diabet va 5 – nafarida diabet oldi holati aniqlanib tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.