Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
17.04.2023

Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-yanvardagi 102-sonli GV qaroriga asosan 2023-yil 14-apreldagi Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya RSNPMK qoshidagi O‘quv markazi rahbari – Kalanxo‘jayeva Sh.B. va klinik ordinatorlar M.Sattorova, S.Aliyeva va Sh.Nazarovalar tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun “Qandli diabet va yod tanqisligi kasalliklari” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida talabalarga qandli diabet nima va u qayerdan kelib chiqishi, 1-toifa va 2-toifa diabet oʻrtasidagi farq nima, ularning salomatligini nazorat qilish, 2-toifa qandli diabetning paydo boʻlishining oldini olish haqida maʼlumot berildi. Talabalar qalqonsimon bezning faoliyati va kasalliklari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.

Aholi salomatligi va farovonligini ta’minlashning muhim usullaridan biri sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom odatlarni targ‘ib qilishdir. Yoshlarni eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklar haqida sifatli ma’lumot va o‘quv materiallari bilan ta’minlash kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishda muhim o‘rin tutadi, navqiron avlodning o‘z salomatligiga qiziqish va hurmatini oshiradi.

photo_2023-04-14_18-16-01 (2).jpgphoto_2023-04-14_13-34-05.jpgphoto_2023-04-14_18-16-01.jpg341892608_181190274802482_2472431491412097893_n.jpgphoto_2023-04-14_18-16-03.jpg341225492_1183626998938424_5933567269804336248_n.jpg

Back to the list