15.04.2023
Inson qadri uchun!O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-yanvardagi 2023-yil 05-apreldagi 102-sonli PQni bajarishda RIEIATM akademik Yo.X. Toʻraqulov qoshidagi O‘quv markazi xodimi I.X.Inoyatxoʻjaeva va 1-kurs klinik ordinatorlari M.Sattorova va S.Aliyeva tomonidan Toshkent davlat transport universiteti talabalari va o‘qituvchilari uchun “Qandli diabet va yod tanqisligi kasalliklari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, sog‘lom odat va ko‘nikmalarni shakllantirish jamiyat salomatligi va farovonligini ta’minlashning muhim usullaridan biridir.
Eng keng tarqalgan endokrin kasalliklarning rivojlanish sabablari haqida yoshlarni xabardor qilish tegishli kasalliklarning o'z vaqtida oldini olish va erta aniqlashda muhim ahamiyatga ega, shuningdek, sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish motivatsiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya RIEIATM qoshidagi O‘quv markazi jamoasi yaqin kunlarda Toshkent shahridagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tashrif buyurishni rejalashtirgan