18.04.2023
Inson qadri uchun! 17.04.2023 y. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani manьaviyat va maьrifat markazida halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini kutarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gemodializ bo‘limi mudiri Buxoro viloyat Endokrinologiya xizmati kuratori Holiqov Alisher Yusupovich boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri endokrinologi Hikmatov Maqsud Murodjonovich va dispanser shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 80 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 69 nafarida endokrin kasallik aniqlandi ambulator tavsiyalar berildi, bundan tashqari aholi orasida Qandli diabet kasalligi skrining ham o‘tkazilib kelganlarning 30 - nafarida qondagi qand miqdori tekshirildi, shulardan 1 - nafarida qandli diabet va 3 – nafarida diabet oldi holati aniqlanib tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.