19.04.2023
INSON KADRI UChUN! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi ”Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–102-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 18 aprelь kuni Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazidan Respublika bolalar bosh endokrinologi N.U.Alimova Andijon viloyat endokrinologiya dispanseriga keldi. Qarorning “2022-2024 yillarda respublika axolisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi” ilovasining 14 bandi bo‘yicha 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan 80 nafar bemorlarni analogli insulin va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan xamda 10 nafar somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalarni hayotiy zarur maxsus dori vositalari o‘sish gormoni bilan ta'minlash bo‘yicha tibbiy ko‘rik amalga oshirildi.