20.04.2023
INSON KADRI UChUN! 19 aprelь kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida "Salomatlik sayllari" oyligi o‘tkazildi. Ushbu saylda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xodimi V.N.Chekmanov tibbiy saylda axolini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tibbiy sayl davomida jami 342 nafar axoli ishtirok etib, 35 nafar axoli endokrinologik chukurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jami 33 nafar endokrinologik bemor aniqlanib, qandli diabet 24 nafar shundan 2 nafari yangi aniqlangan qandli diabe, qalqonsimon bez kasalliklari 8 nafar, semizlik 2 nafarni tashkil kildi. Shundan 31 nafariga ambulator tibbiy tavsiya, 4 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.Tibbiy sayl davomida axolini sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovkatlanish, semizliklikni oldini olish, jismoniy faollik xakida tavsiyalar xamda aholi orasida qandli diabet, o‘z-o‘zini nazorat qilish, oyoqlarni to‘g‘ri parvarish kilish, yod tanqisligi kasalliklari, semizlik, kandli diabet, endokrin kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash to‘g‘risida tushunchalar berildi xamda tarqatma materiallar berildi.



Back to the list