20.04.2023
Inson qadri uchun! Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani KTMP da halqimiz salomatligini tiklash va ularning tibbiy madaniyatini kutarish maqsadida "Salomatlik sayli" tadbiri tashkillashtirildi. Bu tadbirda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gemodializ bo‘limi mudiri Buxoro viloyat Endokrinologiya xizmati kuratori Holiqov Alisher Yusupovich boshchiligida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri endokrinologi Nosirova Shaxlo Shuxratnovna va dispanser shifokorlari tomonidan viloyatimiz aholisining 87 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan utkazilib shulardan 76 nafarida endokrin kasallik aniqlandi va ambulator tavsiyalar berildi, bundan tashqari aholi orasida qandli diabet kasalligi skrining ham o‘tkazilib kelganlarning 37 nafarida qondagi qand miqdori tekshirildi, shulardan 3 - nafarida qandli diabet 7 – nafarida diabet oldi holati aniqlanib tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, tug‘ri ovqatlanish mavzularida tushunchalar berildi.