30.04.2023
Inson qadri uchun!
Farg‘ona viloyati Furqat tumani aholisi uchun tibbiyotni yaqinlashtirish maqsadida “Salomatlik sayli” o‘tkazildi.
Yaqinda qayta qurilib foydalanishga topshirilgan "Abdulqaxxor ota" ziyoratgohida tashkillangan navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbirida 1245 nafar aholi qatnashib, 1110 nafar axoli respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali mutaxassislari hamda mahalliy shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘zining bemorligi yuzasidan malakali tibbiy mutaxassislardan kerakli tavsiyalar olgan xalqimiz vakillari mamnun kayfiyatda davlat rahbari va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.





Back to the list