O'zbekiston Respublikasi Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi №PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 28.04.2023 y. Akademik Yo.Х.To'raqulov nomidagi RIEIATM xodimlari, xamda Markazning Jizzax filiali xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani Duoba MFY qarashli 8 sonli o'rta maktabda 40 yoshdan yuqori xodimlar orasida qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash skriningi amalga oshirildi. Skriningdan jami 38 nafar maktab xodimlari o'tkazilib, shulardan 6 nafarida diabet oldi xolat (15.8%) aniqlandi. Barcha skriningdan o'tgan axoliga sog'lom turmush tarzi bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.